Bu maskan — butun oila uchun mo‘ljallangan haqiqiy ko‘ngilochar dunyo bo‘lib, unda suv attraksionlari, dengiz hayvonlari namoyishlari va turli interaktiv zonalar jamlangan. Bu yerda siz delfinlar va boshqa dengiz jonzotlarining ajoyib chiqishlarini tomosha qilishingiz, bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin maydonlarida vaqt o‘tkazishingiz mumkin.
Park hududi zamonaviy dizayn va tropik muhit bilan uyg‘unlashgan bo‘lib, har bir mehmon uchun qulay va maroqli dam olish imkonini yaratadi. Bu yerda ham sokin hordiq, ham faol ko‘ngilochar tajribalarni topish mumkin.
Ayniqsa, oilaviy sayohatlar uchun bu joy ideal tanlov — bolalar ham, kattalar ham bu yerda unutilmas lahzalarni boshdan kechiradi.
Quvonch, kulgu va yorqin taassurotlar sizni shu yerda kutmoqda,Ya’ni
1. 3D video xonasi 2. 4D video xonasi 3. Skatlar oroli 4. “Faraon” suv sirg‘almasi 5. “Antarktida” pavilyoni 6. Dengiz toshbaqalari oroli 7. “NLO” attraksioni 8. Hayvonot bog‘i 9. Daryo bo‘ylab splyav (rafting) 10. Okeanarium 11. America uchari(Gorkasi) 11. Va yana ko‘plab qiziqarli attraksionlar