Sizni Sanya shahridagi mashhur Yanoda tropik o‘rmoni sehrli tabiat qo‘yniga chorlaydi. Bu yerda qadimiy daraxtlar, osma ko‘priklar, tiniq ko‘llar va shovullab oqayotgan sharsharalar sizni haqiqiy tabiat mo‘jizasiga olib kiradi.
O‘rmon hududiga zamonaviy funikulyor orqali ko‘tarilasiz, bu esa sayohatingizga alohida zavq bag‘ishlaydi. Eng hayajonli nuqtalardan biri — dengiz sathidan 800 metr balandlikda joylashgan va 400 metr uzunlikdagi shisha ko‘prikdir. U yengil tebranadi hamda 5D “oyna sinishi” effekti bilan unutilmas hissiyotlar ulashadi. Bu joy, ayniqsa, adrenalin va yangi taassurotlarni sevuvchilar uchun yaratilgan.
Tur dasturiga quyidagilar kiradi: 1. Ikki tomonlama funikulyor 2. Shisha ko‘prik bo‘ylab sayr 3. Qo‘riqlanadigan tabiiy hudud 4. Hayvonot bog‘i 5. Nafis orxideyalar xiyoboni 6. Go‘zal ko‘l manzaralari 7. Tushlik (shved stoli) 8. Shuttle bus (ichki transfer) 9. Tajribali hamroh gid xizmati 10. Borish va qaytish transferi 11. Bepul ichimlik suvi (1 dona)