NANSHAN IBODATXONASI

CN¥
400.00
CN¥
450.00
Sanya shahridagi muqaddas Nanshan Buddhism Cultural Zone — bu tinchlik, ruhiy uyg‘unlik va go‘zallik mujassam bo‘lgan maskan.

Bu yerda siz nafis ibodatxonalar, yam-yashil bog‘lar va dengiz bo‘yida qad rostlagan ulkan, 108 metr balandlikdagi Guanyin of Nanshan haykalini tomosha qilasiz. Ushbu haykal Xaynan orolining eng muhim ramzlaridan biri bo‘lib, o‘zining ulug‘vorligi bilan har bir tashrif buyuruvchini hayratga soladi.

Shuningdek, siz Nanshan Temple ga tashrif buyurib, bu muqaddas joyning betakror muhitini his qilasiz. Bu yerda vegetarian taomlardan bahramand bo‘lishingiz, bosh pavilondagi muqaddas haykallarni tomosha qilishingiz mumkin.

Tajribali gidlar sizga ushbu maskanning boy tarixi, falsafasi va ma’naviy ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berib boradi.

Ekskursiya dasturiga quyidagilar kiradi:
  1. • Borish va qaytish transferi
  2. • Tarixchi gid xizmati
  3. • Guan Yin haykalini ziyorat qilish
  4. • Uch Buddha ibodatxonasi
  5. • Tushlik (vegetarian)